Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi o‘quvchisi Xushnudbek Isaqov informatika fani bo‘yicha respublika olimpiadasining informatika yo‘nalishida uchinchi o‘rinni egalladi va unga Farg‘onadagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universitetida 4 yillik grant asosida o‘qish imtiyozini beruvchi 12800 AQSh dollari qiymatidagi vaucher va sertifikat topshirildi. Institut rektori ushbu iqtidorli yoshlar va ularning ustozlariga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi. Bunday yutuqlar bardavom bo‘lishini tiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan