Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4910-sonli qarori ijrosini taʼminlash va akademik litsey faoliyatini rivojlantirish boʼyicha institut rektori tomonidan tasdiqlangan «Yoʼl xaritasi» da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litsey bilan Аndijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi oʼrtasida hamkorlik aloqalari yoʼlga qoʼyildi. NamMQI akademik litseyda tabiiy fanlar, aniq fanlar va xorijiy tillar yoʼnalishlari boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, PQ-4910-sonli qarorni ijrosi yuzasidan hamkorlik qilish uchun 24-mart kuni tashrif uyushtirildi.
Ushbu uchrashuvda oʼzaro tajriba almashish, har ikkala akademik litseyda taʼlim sifatini oshirish, kelgusida istiqbol rejalarni amalga oshirishda litsey direktorlari tomonidan oʼzaro hamkorlik shartnomasi tasdiqlandi.
Oʼrganish jarayonida akademik litseyda tashkil etilgan oʼquv jarayonlari, ish xujjatlari, darsdan tashqari tashkil etilgan fan va sport toʼgaraklari, АRMda yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorlik ishlarining yoʼlga qoʼyilganligi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Bunday hamkorlik ishlari kelgusida boshqa akademik litseylar bilan ham amalga oshirish rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan