Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi akademik litseyda axborot savodxonligi kursining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

AQSh Ta’lim vazirligi va World learning tashkiloti homiyligi asosida tashkil qilingan axborot savodxonligi kursi 3 oy davom etdi va «Savol berishni o‘rganing» deb nomlandi.

O‘quvchilar 3 oy davomida axborot xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta xabarlarni farqlash va ommaviy axborot vositalaridan o‘zi uchun foydalari ma’lumotlarni izlash kabi ko‘nikmalarni egalladilar. Mazkur loyiha asoschisi akademik litsey o‘qituvchisi Nasiba Jakbarova bo‘lib, darslarda o‘quvchilarda til ko‘nikmalarini rivojlantirish, tanqidiy va mustaqil fikrlashni o‘rganish  bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan